Assalomu alaykum. Bugun Juma namozida sunnatni ado etib bo'lganimdan so'ng burnim qonab ketdi. Shu holatda boshqatdan tahorat olishim lozimmi? Agar qayta tahorat olsam, farz namoziga ulgurmay qolish ehtimolim bor. Javobingiz uchun oldindan rahmat.
Vaalaykum assalom. Tahoratsiz namoz o'qish aslo joiz emas. Oqqan qon tahoratni buzishi sababli, keyingi namozingiz durust bo'lishi uchun albatta qayta tahorat olishingiz lozim. Agar tahorat olib kelguningizcha imom namozni tugatgan bo'lsa, Juma o'rniga Peshin namozini yolg'iz o'qib olasiz. Vallohu a'lam.