Juma nomoziga chika olmaganimda shu kuni Peshin namozini ukishimni bildim, unda azon komat aytib ukiymanmi yoki yuk.?
Juma namozi o‘qiladigan joylarda biror sababga ko‘ra uni o‘qiy olmagan odam peshinning farzini azon va iqomatsiz o‘qiydi. Chunki bu holatda azon va iqomat aytish makruh sanaladi. Bunda bemorlik yoki keksalik kabi uzrlar sababli jumaga kela olmagan erkaklar uchun ham hukm shudir. Ammo juma namozi o‘qilmaydigan kichik qishloq yoki sahro kabi joylarda peshin namozini odatdagidek azon va iqomat bilan, shuningdek jamoat bo‘lgan holda o‘qilaveradi. Vallohu a’lam.