Assalomu alaykum Axli ilm ulamolarimiz juma namozi turt rakat namoz sunnatlarida uchinchi turtinchi rakatlarida zam sura ukilmaydimi shuni eshitib koldim men doyim zam sura kushib ukir ekanman zam sura kushib ukisam xam boladimi doyimgidek yoki kushib ukish kerekmasmi juma namozi da doim turt rakatli sunnatlarida zam sura ukib kelganman sunnatlarimga.Kasd yoki makrux kilmaganmanmi bilmaganligim uchun raxmat javob uchun
Va alaykum assalom va rohmatullohi va barokatuh. Siz to'g'ri ish qilib kelgansiz. Sunnat namozlarining har rak'atida fotiha surasi va zam sura o'qiladi. Bu masalada juma namozidan avvalgi va keyingi sunnatlar boshqa sunnatlardan farq qilmaydi. Balki ularda ham 3-4 rak'atlarda fotiha surasidan keyin zam sura o'qiladi. Fotihadan keyin zam sura o'qilmasligi faqat farz namozlarining 3-4 rak'atlariga tegishli, xolos. Vallohu a'lam.