JONZOT RASMLARI TUSHIRILGAN KIYIMLAR

ID: 4789

04.12.2025

83

Savol:

Assalomu alaykum, yosh bolalar kiyimini ishlab chiqaramiz. Jonli rasmlar, ko'zli, ya'ni jonzotlar, qo'g'irchoq rasmi tushirilgan kiyimlarni ishlab chiqarib sotsak bo'ladimi?

Javob:

Vaalaykum assalom. Ba'zi ulamolar jonzot surati to'liq shaklda emas, balki bo'yinsiz yoki tana a'zolari bir-biriga ulanmagan holatda tasvirlansa, bunga ruxsat berishgan. Ya'ni, suratdagi jonzot hayot kechira olmaydigan darajada nuqsonli yoki bo'laklangan bo'lsa, kiyimga bunday tasvirlarni tushirishingizning zarari yo'q. Vallohu a'lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar