JIN HAQIDA

ID: 2963

02.10.2025

340

Savol:

Assalomu alaykum men 1 yildan buyon ko'p kasaliklar bilan kasallanib davolanib kelyapman bir kuni masjidga bordim va domla Jin bor sizda deya davolanishiz kerek deya uyga 4 domlani chaqirdik va ular Ruqiya qilib meni bu darddan holos qildi men ruqiya vahtida har xil gaplar gapirib domlalarni urishga harakat qilardim va o'qimasligini xohlardim masjidga borsam ham ichimda nimadir ket bu yerdan ket dep qimirlab boshlar edi Ollohga shukur hozir yaxshiman lekin savolim shundan iboratki meni sog'ligim yaxshi emas oyoqlarimda shishlar yurak tez urishlari quloq og'rig'i buyrak va belimda kuchli og'riq bor ayniqsa sistit bo'lib qolganman bu tufayli ko'p hojatga chiqayotganligim sababli nomozlarimniham o'qiy olmayapman qiz bolaman turmush qurmaganman yaqinda universitetni tugalladim pashti dekabr oyidan buyon har xil kasalliklar bilan davolanib ukol dori olib kelaman lekin davosini sezmayapman hozir ham mazzam yo'q ko'p shifokorlarga ko'rindim unaqa vahimalik shamollash yuq sizda deyishadi o'zim birovni haqiga hiyonat qilmiman aldamiman ko'nglim toza insonman psixologlargaham konsulatsiyaga bordim Olloh bilan ham kechalari sog'lig'im haqida so'rab gaplashaman yoshim ham 27 da turmushgaham chiqmadim ishgaham kiraolganim yo'q sog'lig'im tufayli dori darmonga qarindoshlardan qarz bo'lganmiz hamma joydan yo'lim yopiq menga qanaqa maslahat berasizlar iltimos judaham chorasizman 5 mahal nomozlarimniham o'qiy olmayapman sistit tufayli yaqinda yana ukol dori oldim lekin davosi yo'q judaham charchadim va qiynaldim bir yildan buyon bu kasalikklar bilan nima qilsam bo'ladi yoki jin insonni ichiga kirib shunaqa hamma joyni jatohatlab tashlaydimi hozir jin yo'q menda qo'rqinchli tush ko'rmiman ortimdan hech kim yurmaydi joynamozda qimirlamayman salovat suralar eshitsam yoqadi oldin yoqmas edi suralar eshitsam ham ichimdan uchir derdi faqat ipga o'zini os derdi bu narsalar ham yo'q lekin hozir sog'lig'im bilan qiynalyapman to'g'risi kechalari og'riqdan yig'lab chiqaman qiynalyapman

Javob:

Dinimizda jin tegishi va uning inson ruhiyatiga va ba’zan jismoniyatiga ta’sir qilishi ehtimoli borligi e’tirof etiladi. Sizga o‘qilgan ruqiyadan so‘ng ijobiy o‘zgarishlar bo‘lgani, vasvasa va yomon tushlar arigani – bu Allohning katta marhamatidir. Endilikda jismoniy kasalliklarning davom etayotgani sizni tushkunlikka solmasligi kerak. Ushbu kasalliklar biror tibbiy sabablarga ega bo‘lishi ham mumkin. Shu sababli, o‘zingizga-o‘zingiz ruqiya qilgan holda, ishonchli va malakali shifokorlarga murojaat qilishni davom ettirish va ularning tavsiyalariga qat’iy amal qilish maqsadga muvofiqdir. Unutmang, bemorlik ham Allohdan bir sinov bo‘lib, unga sabr qilish gunohlarga kafforat bo‘ladi.

Namoz masalasiga kelsak, siydik tuta olmaslik yoki tez-tez hojatga borish uzrli holat hisoblanadi. Fiqhga ko‘ra, agar bir namoz vaqti davomida tahoratni ushlab turolmaydigan darajada uzrli holat takrorlansa, siz "sohibi uzr" hukmiga o‘tasiz. Bunda har bir namoz vaqti kirganda bir marta tahorat olasiz va shu tahorat bilan o‘sha vaqt chiqquniga qadar xohlaganingizcha farz va nafl namozlarini o‘qiyverasiz. O‘sha vaqtda siydik kelishi tahoratingizni buzmaydi.

Alloh taolo sizga sabr-toqat, qalb xotirjamligi va komil shifo ato etsin. Duo va zikrni ko‘paytiring, Allohning rahmatidan hech qachon umidingizni uzmang.

Sohibi uzr haqidagi ushbu javobni ham o‘qing: https://t.me/diniysavollar/7079

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar