Tahoratga doir savolim bor edi. Inson badanida mayda xusnbuzarga o'xshash yaralari bo'lsa, ulardan inson o'zi bilmagan holda qon yoki yiring chiqsa, tahoratim buzilib tahoratsiz namoz o‘qigan bo‘lmaymanmi? Javob uchun rahmat !
Bismillahir Rohmanir Rohim. Bu borada Fiqhiy kitoblarimizda, jumladan Hidoyaning sharhi Inoyada shunday deyiladi:
( فَإِنْ قُشِرَتْ نَفْطَةٌ فَسَالَ مِنْهَا مَاءٌ أَوْ صَدِيدٌ أَوْ غَيْرُهُ إنْ سَالَ عَنْ رَأْسِ الْجُرْحِ نَقَضَ ، وَإِنْ لَمْ يَسِلْ لَا يَنْقُضُ) وَقَالَ زُفَرُ رَحِمَهُ اللَّهُ يَنْقُضُ فِي الْوَجْهَيْنِ
"Agar yara archilsa (shilinsa) va undan suv, yiring yoki boshqa narsalar chiqsa va jarohatning bosh qismidan oqadigan darajada bo‘lsa, tahoratni sindiradi. Agar oqmaydigan darajada bo‘lsa, sindirmaydi. Imom Zufar har ikki holatda sindiradi deganlar". Vallohu a’lam.