"JAZAAKALLOH"NING MA’NOSI

ID: 355

04.04.2025

10

Savol:

Hozir ba’zi yoshlardan "Jazaakalloh" degan so‘zni eshitib qolyapmiz. Bu nima va bizga kimdir aytsa, buni javobiga nima desa bo‘ladi?

Javob:

Bismillahir Rohmanir Rohim.

"Jazaakalloh" yoki "Jazaakallohu xoyron" kabi iboralar duo hisoblanib, bu duoni odatda tashakkur aytish va minnaddorchilik bildirish ma’nosida aytiladi. Ushbu duoning ma’nosi "Alloh sizni mukofotlasin", deganidir. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning hadislarida biror yaxshilik qilgan kishiga manashu duo bilan tashakkur aytishga targ‘ib qilingan.

Usoma ibn Zayd raziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda Nabiy sollallohu alayhi vasallam:

"مَنْ صُنِعَ إِلَيْهِ مَعْرُوفٌ فَقَالَ لِفَاعِلِهِ "جَزَاكَ اللَّهُ خَيْرًا" فَقَدْ أَبْلَغَ فِي الثَّنَاءِ" (رواه الامام الترمذي والامام النسائي)

ya’ni, "Kimga bir yaxshilik qilinsa, uning haqqiga: "Jazaakalloh xoyron" (ya’ni, "Alloh sizni yaxshilik bilan mukofatlasin") deb duo qilsa, u yaxshilik qilgan kishini to‘liq maqtagan bo‘ladi", deganlar  (Imom Termiziy va Imom Nasaiylar rivoyat qilishgan).

Bu duo bilan tashakkur aytgan kishiga javob qaytarishingiz vojib emas. Lekin, unga javoban "Omin" yoki "Borakaalloh" kabi duolar bilan javob berilsa, yaxshi bo‘ladi. Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi 

Fatvo markazi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar