JAVOBINGNI BERDIM DESA BOIN TALOQ TUSHISHI

ID: 7196

10.02.2026

1041

Savol:

Assalomu alaykum! Ayolim ota uyiga arazlab ketganida, uni qaytishini bir necha bor aytdim. Bir necha bor aytishimga qaramay, kelavermaganidan so'ng, men unga qaytmasa oxiri yaxshilik bilan tugamasligini aytib xabar yozdim. Shunda ayolim “ajrashmoqchi bo'lsangiz arizangizni yozing, qo'l qo'yib beraman” deb javob yozdi. Men unga “unda javobingni berdim” dedim. Niyatim taloq edi, lekin 1 taloq edi. U “xo'p” deb javob yozdi. Bu xodisaga 1 oy bo'ldi. Xali idda muddati chiqmadi. Shu xolatda raj'iy taloq tushganmi yoki boin taloq tushganmi? Biz qayta nikox o'qitishimiz kerakmi? Javobingiz uchun oldindan raxmat.

Javob:

Vaalaykum assalom. Aslida taloqqa doir masalalar ahli ilm bilan юzma-юz ko'rishib, har ikki tomonni tinglab, vaziyatni to'liq o'rganib xulosa qilinadigan ishdir. Lekin ta'lim ma'nosida aytadigan bo'lsak, siz ishlatgan «javobingni berdim» so'zi kinoya lafz bo'lib, bunda taloq niyat qilingani uchun o'rtaga bir boin taloq tushadi. Bunday holatda, agar bu 3-taloq bo'lmasa, yarashish uchun yangi mahr belgilab, qayta nikoh o'qitishingiz shart. Vallohu a'lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar