JAROHATDAN QON CHIQISHI RO'ZANI BUZADIMI?

ID: 7653

18.02.2026

491

Savol:

Assalomu alaykum. Yaqinda oyog'imda jarrohlik amaliyoti o'tkazilgan edi. Hozir oyog'imdagi jarohatning ichki qismida qon to'planib turadi va uzoq vaqt harakat qilganimda ba'zan tashqariga oqib chiqadi. Shu holat ro'za tutgan paytimda юz bersa, ro'za buziladimi yoki yo'qmi? Mazkur masala bo'yicha fiqhiy hukmni batafsil tushuntirib bersangiz.

Javob:

Vaalaykum assalom. Yo'q, oyog'ingizdagi jarohatdan qon oqib chiqishi bilan ro'zangiz buzilmaydi. Fiqhga ko'ra, ro'za tanadan qon yoki yiring kabi narsalarning chiqishi bilan ochilmaydi. Ro'za odatiy yo'llar orqali tanaga biror narsa kirishi bilan buziladi.

Ammo shuni yodda tutish lozimki, qonning jarohat o'rnidan tashqariga oqib chiqishi tahoratni sindiradi. Ushbu holatda, namoz o'qish uchun tahoratingizni yangilashingiz kerak bo'ladi. Vallohu a'lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar