JAROHAT USTIDAGI BOG'ICHGA MASH TORTISH TARTIBI

ID: 6596

26.01.2026

90

Savol:

Assalomu alaykum. Bugun barmog'im jarohatlanib, terisi shilinib ketdi. Barmog'imni bog'lab tahorat qildim va oxirida bog'ich ustiga масҳ tortib namoz o'qidim. Tahorat paytida bog'ichga suv tegmasligi uchun ustidan skotch o'rab oldim, oxirida esa skotchni olib tashlab, bog'ichning o'ziga масҳ tortdim. Shunday qilishim to'g'rimi? Shuningdek, bunday jarohatlar etganda, bog'langandan keyin jarohat qonashda davom etayotgani yoki to'xtagani qanday aniqlanadi? Jarohatlangan kishi qay holatda sohibi uzr hisoblanadi?

Javob:

Vaalaykum assalom. Qilgan ishingiz to'g'ri bo'lgan. Jarohatga suv tegishi zarar qilsa, himoya vositalarini ishlatib, so'ng asl bog'ichga масҳ tortish joiz. Agar qon bog'ich ustiga chiqsa yoki ko'p qavatli bintning pastki qatlamlariga o'tgan bo'lsa, tahorat sinadi, aksincha bo'lsa sinmaydi.

Sohibi uzr hisoblanish uchun esa qon bir namoz vaqti davomida to'liq to'xtamay oqib turishi va orada tahorat olib, namoz o'qishga imkon qolmasligi shart. Vallohu a'lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar