Assalomu alaykum. Barmoqda (umuman, tahoratda юviladigan a'zolarda) jarohat bo'lib, u bog'langan bo'lsa, qanday tahorat qilinadi? Bog'ich ustiga mash tortish kerak ekan, u qanday tortiladi? Agar bu bog'ich tahorat asnosida qo'shilib юvilsa nima bo'ladi? Shunday bog'ichga mash tortib tahorat qilgach, bog'ich echilsa tahorat sinadimi? Javob uchun rahmat!
Vaalaykum assalom. Agar jarohatni юvish yoki bog'ichni echish zarar qilsa, tahoratda sog'lom a'zolar юvilib, bog'ich ustidan bir marotaba ho'l qo'l юrgizib, bog'ichning hamma qismiga mash tortiladi.
Agar bog'ich mash qilish o'rniga qo'shilib юvib юborilsa ham tahorat durust bo'laveradi, chunki юvish mashni ham o'z ichiga oladi. Jarohat tuzalgani uchun bog'ich echilsa, mash botil bo'ladi va o'sha joyni qayta юvish lozim bo'ladi. Ammo jarohat bitmagan bo'lsa, bog'ichni almashtirish yoki echish tahoratni buzmaydi. Vallohu a'lam.