Assalomu alaykum va rahmatulloh. Ikki yil oldin farzandimiz 6 oylik erta tug'ildi. Ayolimning aytishi bo'yicha, yig'lagan ekan. Tug'ilgandan keyin 2 soat yashadi, dedi doktorlar va janoza o'qimasdan ko'mdik, ism qo'ydik. Yaqinda eshitdim, janoza o'qish kerak deb. Endi o'qisa bo'ladimi janozasini?
Vaalaykum assalom. Chaqaloq tirik tug'ilgani uchun uni юvib, kafanlab va janoza o'qib ko'mish vojib edi. Buni tark qilib xatoga yo'l qo'yilgan. Mayit ko'milganidan so'ng jasadi aynimasdan, shishmasdan va yorilmasdan turgan muddat ichidagina qabr ustida janoza o'qishga ruxsat bor. Ikki yil esa jasadning o'zgarishi uchun etarli muddatdir. Shu sababli endi janoza o'qilmaydi. Endi Allohdan mag'firat so'rab, farzandingiz haqqiga xayrli duolarda bo'lishingiz kifoya qiladi. Vallohu a'lam.