JANOZA NAMOZIGA KECHIKKAN KISHI

ID: 191

04.04.2025

36

Savol:

Janozaga kech keldim, mening uchinchi takbirimda domla tugatdi. To‘rtinchi takbirni nima qilaman?

Javob:

Bismillahir Rohmanir Rohim.

Janoza namoziga kirishdagi takbir (“Allohu akbar”) va undan keyingi uch takbirni aytish imomga farz bo‘lgani kabi, iqtido qiluvchilarga ham farzdir. Agar iqtido qiluvchi takbirlardan birini aytmasa, janoza namozi durust bo‘lmaydi. Chunki undagi har bir takbir to‘rt rakatli namozning har bir rakaatiga o‘xshaydi.

Kishi janoza namozida necha rakatga kech qolgan bo‘lsa, imom salom berganda salom bermay turadi va nechta takbir qolib ketgan bo‘lsa, shularni aytib so‘ng salom beradi.

وَإِذَا جَاءَ رَجُلٌ وَقَدْ كَبَّرَ الْإِمَامُ التَّكْبِيرَةَ الْأُولَى وَلَمْ يَكُنْ حَاضِرًا انْتَظَرَهُ حَتَّى يُكَبِّرَ الثَّانِيَةَ وَيُكَبِّرَ مَعَهُ فَإِذَا فَرَغَ الْإِمَامُ كَبَّرَ الْمَسْبُوقُ التَّكْبِيرَةَ الَّتِي فَاتَتْهُ قَبْلَ أَنْ تُرْفَعَ الْجِنَازَةُ وَهَذَا قَوْلُ أَبِي حَنِيفَةَ وَمُحَمَّدٍ - رَحِمَهُمَا اللَّهُ تَعَالَى - وَكَذَا إنْ جَاءَ وَقَدْ كَبَّرَ الْإِمَامُ تَكْبِيرَتَيْنِ أَوْ ثَلَاثًا، كَذَا فِي السِّرَاجِ الْوَهَّاجِ

“Kishi janoza namozi kelgandan imom birinchi takbirni aytib bo‘lgan bo‘lsa, imom ikkinchi takbirni aytishini kutib turadi va (imom ikkinchi takbirni aytganda) imom bilan birga takbir aytadi. Qachon imom janoza namozini tugatsa, (muqtadi salom bermaydi) tobut ko‘tarilishidan avval qolib ketgan takbirni aytib qo‘yadi. Bu hukmni imom Abu Hanifa va Imom Muhammad rahmatullohi alayhlar aytganlar. Xuddi shuningdek (janoza namoziga) kelganda imom ikki yoki uch takbir aytib bo‘lgan bo‘lsa ham (qolgan takbirlarni imom janoza namozidan forig‘ bo‘lganidan so‘ng kech qolgan takbirlarni aytib qo‘yadi). “Sirojul vahhoj” kitobida shunday kelgan (“Fatovoi Hindiya”).

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar