Juma kuni junubligi uchun va juma uchun bitta g‘usl qilsa, ikkisiga ham o‘tadimi yoki alohida qiladimi?
Bismillahir rohmanir rohiym.
Alloma Ibn Nujaym rahmatullohi alayh "Ashboh va nazoir" kitobida bunday savolga quyidagicha javob berganlar:
قالوا لو اغتسل الجنب يوم الجمعة للجمعة ولرفع الجنابة ارتفعت جنابته وحصل له ثواب غسل الجمعة
Ulamolar: "Agar junub odam juma va janobatdan poklanish uchun g‘usl qilsa, janobatdan pok bo‘ladi hamda juma uchun qilinadigan g‘uslning savobini oladi", deganlar. Vallohu a’lam.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.