Assalomu alaykum. Savolim biroz g'alati tuюlishi mumkin: agar Alloh nasib qilib, jannat ahlidan bo'lsam, u erda biror qarindoshimsiz yoki bu dunyodagi hech qaysi tanishimsiz, yolg'iz o'zim qolsam bo'ladimi? Shunga ruxsat beriladimi?
Vaalaykum assalom. Jannat – mo'min bandaning ko'ngli nimani tusasa, o'sha muhayyo qilinadigan saodat diyoridir. Zero Alloh taolo: «U erda nima xohlasalar, ularniki. Va huzurimizda ziyodasi bor» (Qof surasi, 35-oyat), deb va'da bergan. Shu bois, agar jannat ahlidan bo'lgan kishi o'z rohatini yolg'izlikda topsa va shuni Allohdan so'rasa, Robbimiz uning bu istagini ham, albatta, ijobat qiladi. Chunki jannatda insonga malol keladigan yoki uning xohishiga zid bo'lgan hech bir holat bo'lmaydi. Vallohu a'lam.