Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh. Bir ayol qattiq jahl ustida bir tanishiga: «Agar sizdan biron narsa so'rasam yoki olsam yoki юmishim tushsa, jannat menga harom bo'lsin, Alloh shohid», deb qasam ichgan bo'lsa, bu qasam hisoblanadimi va uning hukmi qanday?
Vaalaykum assalom varohmatulloh vabarokatuh. Bu kabi iboralarni aytish shar'iy qasam hisoblanmaydi. «Fatovoi Olamgiriya»da bunday yozilgan:
"ولو قال: عذبه بالنار، أو حرم عليه الجنة إن فعل كذا فشيء من هذا لا يكون يمينا كذا في المبسوط."
"Agar (bir kishi): «Agar falon ishni qilsam (qilsa), Alloh uni do'zax bilan azoblasin» yoki «unga (ya'ni o'ziga) jannatni harom qilsin», desa, bularning hech biri qasam bo'lmaydi. Mabsut' kitobida shunday deyilgan".
Shu bois, bu holatda sizga hech qanday kafforat to'lash vojib emas. Ammo mo'min kishi jahl ustida bunday og'ir so'zlarni aytishdan saqlanishi va buning uchun Allohdan mag'firat so'rashi lozim. Vallohu a'lam.