JAMOAT NAMOZINING 2-RAKATIDAN QO‘SHILISH

ID: 218

04.04.2025

237

Savol:

Kishi 3 yoki 4 rakatli namozlarda jamoatga 2- yoki 3-rakatga kelib qo‘shilsa, men 3 rakatli namozga 2-rakatiga ulgurdim, menga bu qo‘shilgan rakatim menga 1-rakat hisoblanadimi? O‘tirib Attahiyat o‘qimasdan ikkinchi rakatga turib o‘qimanmi?

Javob:

Bismillahir Rohmanir Rohim.

Rakatga ulgurishning eng oxirgi chegarasi imomni rukuda topib, u bilan birga ruku qilishdir.

3 rakatli namozning 2-rakatiga ulgurgan bo‘lsangiz, imom bilan 2-rakatni o‘qib birinchi qa’daga o‘tirasiz, unda attahiyatni o‘qiysiz. Keyin uchinchi rakatni ham imom bilan o‘qiysiz, qadai oxirga o‘tirasiz, unda attahiyatni o‘qib, salavotni o‘qimay imomni salom berishini jim turib kutib turasiz. Imom salom bergach, turib, qolib ketgan birinchi rakatni o‘qib tugatasiz.

Siz qo‘shilgan rakat, sizga nisbatan, sanoq jihatidan birinchi, qiroat jihatidan ikkinchi rakat bo‘ladi. Imomdan keyin turib o‘qiganingiz sanoq jihatidan uchinchi, qiroat jihatidan birinchi rakat bo‘ladi. Shuning uchun unda Fotiha va zam sura o‘qiladi. Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar