Assalomu alaykum. Jamoat namozida muqtadiy vojib amalni qasddan tark qilsa namoz vaqti chiqib ketmagan bo‘lsa muqtadiy namozni qayta o‘qish kerakmi? Namoz vaqti chiqib ketgan bo‘lsachi?
Bismillahir rohmanir rohim. Namozda biror vojibni tark etilsa va sajdai sahv ham qilinmasa bu namozni qayta o‘qish lozim bo‘ladi. Bu haqda faqih Alouddin Xaskafiy rohimahulloh shunday zikr qilganlar:
وَلَهَا وَاجِبَاتٌ لَا تَفْسُدُ بِتَرْكِهَا وَتُعَادُ وُجُوبًا فِي الْعَمْدِ وَالسَّهْوِ إِن لَمْ يَسْجُدْ لَهُ، وَإِن لَمْ يُعِدْهَا يَكُونُ فَاسِقًا آثِمًا،
“Namozning bir qancha vojiblari mavjud bo‘lib, ularni tark qilish sababli namoz buzilmaydi. Agar vojibni qasddan tark qilsa, yoki sahvan tark qilsa-yu, lekin sahv sajdasini qilmagan bo‘lsa, namozni qaytadan o‘qishi vojib bo‘ladi. Agar qayta o‘qimasa, fosiq va gunohkor bo‘ladi” (“Durrul-muxtor” kitobi).
Sahih gapga ko‘ra agar vaqti chiqib ketgan bo‘lsa qayta o‘qiladi. Bu masala shunday bayon qilinadi:
فَيَكُونُ الْمُرَجَّحُ وُجُوبَ الْإِعَادَةِ فِي الْوَقْتِ وَبَعْدَهُ (رد المحتار)
Rojih gap shuki vojib tark bo‘lsa namozni vaqti chiqmasidan oldin ham vaqt chiqqanidan keyin ham qaytadan o‘qiladi (Raddul muxtor kitobi). Vallohu a’lam.