JAMOAT

ID: 3952

06.11.2025

46

Savol:

Assalomu alaykum. Jamoat namozlarida imomlar namozni boshlashdan avval: "Saflarni tekislanglar, zich bo‘lsin, ochiq joylar qolmasin", deyishadi. Shundan keyin saflar juda zich bo‘lib ketadi. Yarimta odam sig‘adigan joyga bitta odamni bir amallab sig‘dirishadi. Ba’zida qo‘llarni to‘g‘ri bog‘lashga imkon bo‘lmaydi, saflar shunchalik zich bo‘lib ketganidan. Yosh bolalar orada siqilib qolganlarining ham guvohi bo‘lganman. Bundan tashqari, namozda xushu’ bo‘lmaslikka sabab bo‘lishi mumkin. Shu darajada saflarni zich qilib tashlashlik o‘zi to‘g‘rimi?

Javob:

Vaalaykum assalom. Saflarni tekislash va orada ochiq joy qoldirmaslik hadislarda ta’kidlangan. Hanafiy mazhabi fuqaholari qiyomda ikki oyoq orasi to‘rt barmoq miqdorida bo‘lishini sunnat deganlar, chunki bu xushu’ga yaqinroqdir. Shunday ekan, safni tekislashda mo‘’tadillik, ya’ni boshqalarga ozor bermaydigan va xushu’ga xalal yetkazmaydigan darajada jipslashish talab etiladi. Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar