Qazo bo‘lgan Bomdodni o‘qishdan oldin aytiladigan azonda “Assolatu xoyrum minan navm” jumlasi aytiladimi?
Bismillahir Rohmanir Rohim.
Shariatimizda, “Qazo ado kabidir” degan qoida bor. Ya’ni, o‘z vaqtida o‘qilgan namoz qanday o‘qilsa, qazo namozi ham shunday o‘qiladi. Shu qoidaga binoan, o‘z vaqtida o‘qiladigan Bomdod namozining azoniga “Assolatu xoyrum minan navm” jumlasi qo‘shilganidek, qazo bo‘lgan Bomdodning azoniga ham bu jumla qo‘shiladi.
“Al-Bahrur roiq” kitobida bunday deyilgan:
يؤذن ويقيم للقضاء كالاداء
ya’ni: “Qazo namoziga ado (o‘z vaqtida o‘qilayotgan namoz) kabi azon va iqomat takbiri aytiladi”.
Shunday ekan, Bomdodning qazosini o‘qish uchun azon aytilganda, azonga “Assolatu xoyrum minan navm” jumlasi qo‘shib aytiladi. “Assolatu xoyrum minan navm” – namoz uyqudan yaxshi, degan ma’noni anglatadi. Vallohu a’lam.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi.