KO'PKARI CHOPISH DURUSTMI

ID: 4679

30.11.2025

137

Savol:

Assalomu alaykum. Uloq-ko'pkari chopish dinimizda qanday qaralgan? Halolmi yoki harom?

Javob:

Vaalaykum assalom. Dinimizda insonni jismonan chiniqtiradigan, ot choptirish mahoratini va shijoatni oshiradigan mashg'ulotlar, agar ezgu maqsadlarda bo'lsa, ma'qullanadi. Shu bois, uloq-ko'pkari o'yini aslida ot minish mahoratini oshiruvchi sport turi sifatida joiz amaldir.

Biroq, bu o'yin joiz bo'lishi uchun qimor va pul tikishdan, odamlar va hayvonlarga zulm qilishdan hamda farz ibodatlarni o'tkazib юborishdan saqlanish shart. Agar o'rtaga ishtirokchilar tomonidan mablag' tikilib, «kim юtsa, shu oladi» deyilsa, bu qimor hisoblanib, nojoiz bo'ladi. Faqat homiy tomonidan sovrin qo'yilsa, joiz.

Xulosa qilib aytganda, shariat chegaralaridan chiqmagan holda ko'pkari bilan shug'ullanish joizdir.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar