«IYMONA» ISMINI O‘ZGARTIRISH KERAKMI?

ID: 576

04.04.2025

557

Savol:

Biz nabiramga «Iymona» ismini qo‘yganmiz. Bir domla menga bu ismni o‘zgartirishim kerakligi haqida aytdi. Shunday qilishim shartmi?

Javob:

Bismillahir Rohmanir Rohim.

Arab tilida “Imon” degan so‘z “ishonch”, “tasdiq” ma’nolarini bildiradi. Ushbu kalimaga "a" qo‘shimchasini qo‘shib "Imona" deyish lug‘at jihatidan so‘zni noto‘g‘ri ishlatish hisoblanadi. Shunga ko‘ra farzandlarga bulardan boshqa ismlarni qo‘yish tavsiya etiladi.

Imon lafzining ma’nosi go‘zal, lekin "Mo‘mina" va "Omina" ism qo‘yilsa, undanda go‘zal. Chunki har bir ismning barokoti bo‘ladi. Qolaversa, bu ism arab masihiylari orasida keng tarqalgan. Musulmonlarda Iymona ismni qo‘yish urf bo‘lmagan.

Shundan kelib chiqib, nabirangiz ismini o‘zgartirish tavsiya etiladi. Agar o‘zgartirilmasdan, “Imona” ismida qolaversa, gunohkor bo‘linmaydi. Bunda keyin ism qo‘yishning mana shu jihatlarini ham inobatga olib, ilm ahllari bilan maslahatlashib olishingiz maqsadga muvofiq bo‘ladi. Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi  Fatvo markazi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar