Assalomu alaykum, savolim shuki bir inson musulmonman deb yurgan inson tashqi qiyofada masjidga borib namoz o‘qib, Qur’on tilovat qiladi, lekin yolg‘iz holatlarda insonlar ko‘rmaydigan faxsh zino, birovlarni haqqiga xiyonat qiladi, bu toifa insonlar toifasi qanday? Ular bn qanday muomalada bo‘lish kerak agar oila a’zosi yoki eri bo‘lsa? Nahiy munkar qilish kerakmi yoki haqqiga duo qilib qo‘yish ma’qulmi?
Bunday oshkora toat va yashirin gunoh holati shariatda amaliy nifoq belgilaridan sanaladi va bunday kishi gunohi kabira qilgan "fosiq" hisoblanadi. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam: «Munofiqning belgisi uchtadir: gapirsa yolg‘on gapiradi, va’da bersa, ustidan chiqmaydi va omonat qo‘yilsa, xiyonat qiladi» deganlar (Muttafaqun alayh). Agar bunday kishi oila a’zosi bo‘lsa, unga nisbatan hikmat bilan "nahiy munkar", ya’ni yomonlikdan qaytarish farz bo‘ladi. Agar nasihat va ogohlantirish foyda bermasa, uning hidoyatini so‘rab qattiq duo qilishda davom etish, lekin uning gunohiga rozi bo‘lmaslik va sherik bo‘lmaslik shart.