TANDIRNI QIBLAGA QARAB JOYLASHTIRISH KERAKMI?

ID: 458

04.04.2025

42

Savol:

Yaqinda bir kishi "tandirni qiblaga qarab joylashtirish kerak, bo‘lmasa baraka bo‘lmaydi, qiblaga orqa bo‘lib non yopmaydi" deganini eshitdim. Bu qanchalik to‘g‘ri, bu bid’at emasmi?

Javob:

Bismillahir rohmanir rohiym.

Tandirni  qaysi tomonga qaratib qurishning dinga aloqasi yo‘q. Tandirni qaysi tomonga qaratish qulayroq bo‘lsa, o‘sha tomonga qaratib qurish mumkin.

Savolda kelgandek e’tiqodda bo‘lish shumlanishdir. Dinimizda shumlanishdan qaytarilgan.

Abu Hurayra raziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallam shunday deganlar:

لا عدوى ولا طيرة ولا هامة ولا صفر. (أخرجه أحمد وابن ماجة)

ya’ni: “Kasallik yuqishi yo‘q, boyqushdan shumlanish yo‘q, ruhlarning qushga aylanib yurishi yo‘q, safar oyida shumlanish yo‘q” (Imom Ahmad va imom Ibn Moja rivoyatlari). Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi 

Fatvo markazi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar