Assalamu alaykum. Telegram kanalida treyding bo'yicha pul ko'paytirish xizmatlarini ko'rdim. Men pul o'tkazsam, mening pulimni treyding bozorida ko'paytirib, 60 foizini o'zimga юborar ekan, 40 foizi o'zining xizmati uchun ekan. Bunday pul ishlash mumkinmi? Bunga dinimizda qanday fatvo beriladi?
Vaalaykum assalom. Shariatda bir tarafdan mablag', ikkinchi tarafdan mehnat bo'lgan sherikchilik «muzoraba» deyilib, aslida bu joiz amaliyotdir. Ammo buning halol bo'lishi uchun savdo qilinayotgan tovar shar'iy bo'lishi va savdoda ribo kabi harom amallar bo'lmasligi shart.
Afsuski, hozirgi ko'pchilik treyding platformalari ushbu shartlarga javob bermaydi. Qolaversa, muzorabada foyda oldindan kafolatlanmaydi, agar zarar ko'rilsa, u sarmoyadorning pulidan ketishi lozim.
Internetdagi noma'lum shaxslarning «pul ko'paytirib beraman» deyishi esa aksar hollarda moliyaviy firibgarlik bo'lib chiqmoqda. Mo'min kishi o'z molini xatarga qo'yishi va firibgarlarga berib юborishi durust emas. Shu sababli, diningiz va molingizni asrash uchun bunday shubhali ishlardan saqlanishingiz lozim. Vallohu a'lam.