ITNI AZOBDAN QUTILISHI UCHUN O‘LDIRSAK BO‘LADIMI?

ID: 295

04.04.2025

21

Savol:

Itimizni mashina urib yubordi. Uni tuzatishni iloji yo‘q, juda qiynalyapti. Uni qiynalmasligi uchun o‘ldirsak bo‘ladimi?

Javob:

Bismillahir Rohmanir Rohim.

Agar it haqiqatda qattiq jarohatlanib, uni tuzatish imkoni bo‘lmasa va bu hayvonga mashaqqat bo‘layotgan bo‘lsa uni ortiqcha qiynalmasligi hamda tezroq jon taslim qilib, azobdan qutulishi uchun so‘yib qo‘yish mumkin. Bu haqida "Fatovo Hindiya" kitobida quyidagicha kelgan:

وكذا الحمار إذا مرض ولا ينتفع به فلا بأس بأن يذبح فيستراح منه 

"Shuningdek, agar eshak kasal bo‘lib, undan foydalanish imkoni qolmasa, azobdan xalos etish uchun so‘yishlikni zarari yo‘q". Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi  Fatvo markazi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar