Assalomu alaykum ustoz. Menda har doim iliq suvni topish imkoni cheklangan. Ba’zida topaman, ba’zida yo‘q. Katta va kichik hojatdan so‘ng qog‘oz bilan artinilsa va bu a’zolar yuvilmasdan tahorat olinsa, bu tahorat ibodat uchun yaroqli hisoblanadimi?
Vaalaykum assalom. Agar najosat chiqqan joyidan atrofga taxminan bir dirham miqdoridan ko‘proq tarqalmagan bo‘lsa, qog‘oz kabi vositalar bilan tozalanish kifoya qiladi va shundan so‘ng tahorat olib, ibodat qilish mumkin. Ammo najosat dirham miqdoridan ko‘p yoyilgan bo‘lsa, uni suv bilan yuvish farz bo‘lib, qog‘oz bilan artish kifoya qilmaydi. ثم الاستنجاء بالأحجار إنما يجوز إذا اقتصرت النجاسة على موضع الحدث فأما إذا تعدت موضعها بأن جاوزت الشرج أجمعوا على أن ما جاوز موضع الشرج من النجاسة إذا كانت أكثر من قدر الدرهم يفترض غسلها بالماء ولا يكفيها الإزالة بالأحجار “Tosh bilan istinjo qilishning o‘zi bilan kifoyalanish axlat yoki bavl chiqqan joyidan tashqariga yoyilmagan holatda joiz bo‘ladi. Agar axlat yoki bavl najosat o‘rnidan atrofiga dirham miqdoridan ko‘p yoyilsa, suv bilan yuvish farz bo‘ladi. Tosh bilan ketkazish kifoya qilmaydi. (“Fatovoi Olamgiriya” kitobi). Vallohu a’lam.