ISTIBRO NIMA?

ID: 544

04.04.2025

351

Savol:

Istibro qilish deganda nima tushuniladi?

Javob:

Bismillahir Rohmanir Rohim.

Istibro - peshob chiqargandan so‘ng qolib ketgan siydik tomchilaridan to‘liq xalos bo‘lish uchun besh o‘n qadam yurish yoki o‘tirib turish yoki sakrash kabilarni amalga oshirishga aytiladi.

Istibro qilish lozimligi borasida "Fatovoyi Olamgiriyya"da quyidagilarni o‘qiymiz:

وَالِاسْتِبْرَاءُ وَاجِبٌ حَتَّى يَسْتَقِرَّ قَلْبُهُ عَلَى انْقِطَاعِ الْعَوْدِ. كَذَا فِي الظَّهِيرِيَّةِ قَالَ بَعْضُهُمْ: يَسْتَنْجِي بَعْدَمَا يَخْطُو خُطُوَاتٍ وَقَالَ بَعْضُهُمْ: يَرْكُضُ بِرِجْلِهِ عَلَى الْأَرْضِ وَيَتَنَحْنَحُ وَيَلُفُّ رِجْلُهُ الْيُمْنَى عَلَى الْيُسْرَى وَيَنْزِلُ مِنْ الصُّعُودِ إلَى الْهُبُوطِ وَالصَّحِيحُ أَنَّ طِبَاعَ النَّاسِ مُخْتَلِفَةٌ فَمَتَى وَقَعَ فِي قَلْبِهِ أَنَّهُ تَمَّ اسْتِفْرَاغُ مَا فِي السَّبِيلِ يَسْتَنْجِي .هَكَذَا فِي شَرْحِ مُنْيَةِ الْمُصَلِّي لِابْنِ أَمِيرِ الْحَاجِّ وَالْمُضْمَرَاتِ

Istibro vojibdir, bu to qalbi (siydik tomchilari) to‘xtaganligiga xotirjam bo‘lgunchadir. Chunonchi, "Zahiriyya"da kelgan. Ayrim ulamolar bir necha qadam otganidan keyin istinjo qiladi, deydilar. Ayrim olimlar esa yerga oyog‘ini bir necha marta uradi, yo‘taladi, o‘ng oyog‘ini chap oyog‘iga chalishtiradi, balandlikdan pastga tushadi, deganlar. To‘g‘risi, albatta odamlarning tabiatlari har xildir. Demak, qachon qalbida yo‘l (siydik kanali)dagi narsa tamom bo‘lganiga ishonch tushsa, so‘ng istinjo qiladi. Xuddi shunday Ibn Amir al-hojjning "Munyatul-musolliy" sharhida va "al-Muzmarot"da keltirilgan (Fatovoyi Olamgiriyya. 1-jild. – Hindiston, 1842. – B. 66). Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi  Fatvo markazi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar