Assalomu alaykum. Kattalarimizdan nonni isrof qilib bo'lmasligi haqida ko'p marotaba eshitganmiz va bu borada bir qancha hadislarni ham tinglaganmiz. Ularning sahih yoki yo'qligi haqida ma'lumotim yo'q. Savolim shundan iboratki: eyishga yaroqli bo'lmagan nonni yoki non ushoqlarini axlatga tashlash isrof va gunoh sanaladimi?
Vaalaykum assalom. Agar non mog'orlab yoki qattiq kuyib, nainki inson, balki hayvon iste'moli uchun ham mutlaqo yaroqsiz va zararli holga kelsa, uni tashlab юborish isrof sanalmaydi va bunda gunoh yo'q. Biroq, rizqning hurmati юzasidan, bunday nonni iloji boricha najosatga aralashtirmay, alohida xaltaga solib qo'yish odobdandir. Vallohu a'lam.