ISM YOZILGAN JOYNAMOZDA NAMOZ O'QISH

ID: 5122

14.12.2025

183

Savol:

Assalomu alaykum. Umradan kelgan yaqinimiz hadiya qilib jaynomoz berdi. Ammo sajdada bosh qo'yadigan joyga esdalik sifatida ismim yozilgan. Bu jaynomozdan foydalanishga ikkilanib qoldim. Ismim ustiga sajda qilishim noto'g'rimi?

Javob:

Vaalaykum assalom. Joynamozdagi ism yoki yozuv ustiga sajda qilish namozni buzmaydi. Karohiyat ham yo'q. Shunga qaramay, o'sha yozuv namoz chog'ida xayolingiz bo'linishiga sabab bo'layotgan bo'lsa, u holda o'sha yozuv ustiga biror mato yopib qo'ying. Vallohu a'lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar