Assalomi alaykum. Yaqinda farzandli bo‘ldim tanasida 2 ta ziyodaligi bor ekan. Ziyoda yoki Ortiq ismini kuyishim shartmi? Raxmat oldindan.
Farzandingizga uning tanasidagi ziyodalikka ishora qilib "Ziyoda" yoki "Ortiq" deb ism qo‘yishingiz shart emas. Aksincha, Islom dinida ota-onaning farzandi oldidagi eng muhim vazifalaridan biri unga chiroyli va ma’noli ism tanlashdir. Shu sababli, farzandingizga payg‘ambarlar, sahobalarning ismlari yoki Abdulloh, Abdurahmon kabi Allohga hamd va bandalikni ifoda etuvchi go‘zal ismlardan birini qo‘yishingiz maqsadga muvofiq bo‘ladi.