ISLOMDA NOMAHRAM AYOLLARGA YORDAM BERISH MUMKIN EMASMI?

ID: 4733

02.12.2025

196

Savol:

Assalomu alaykum. Mening savolim Islomda ayollarning o'rni qanday? Ya'ni, yaqinda bir musulmon mamlakatda sodir bo'lgan zilzilada ko'p ayollar beton tagida qoldi. Ular tirik edi, ammo erkaklar "bu nomahram ayollar" deya qutqarmadi. Bu o'sha mamlakatning o'ziga xos qoidasimi yoki islomda ham yordam berish mumkin emasmi? Javob uchun rahmat.

Javob:

Vaalaykum assalom. Islom shariatida inson hayotini saqlab qolish eng oliy maqsadlardan biri bo'lib, fiqhdagi «Zaruratlar taqiqlangan narsalarni muboh qiladi» qoidasiga ko'ra, hayot xavf ostida qolganda qutqaruvchi erkakning nomahram ayolni ushlashi yoki ko'tarishiga ruxsat beriladi. Siz aytgan holat dinimiz ko'rsatmasi emas, balkim o'sha hududdagi odamlarning din mohiyatini tushunmasligi yoki noto'g'ri shakllangan mahalliy urf-odatlari natijasidir. Shu bois, favqulodda vaziyatlarda «nomahram» degan vaj bilan ayolga yordam bermaslik Islomga mutlaqo zid va oqlanmaydigan holatdir. Vallohu a'lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar