1) Biz davlat miqyosidagi binolarni quramiz. Ba’zida qandaydir muammo bo‘lib material kelmay qoladi, lekin firma oylik beraveradi biz ishlamasak ham olgan pulimiz halol bo‘ladimi? 2) Ba’zi sheriklarimiz hamma narsa yetarli bo‘lsa ham ish bor bo‘lsa ham ishlamay ayyorlik qilib yuradi. Ishlasang bo‘lmaydimi, pulingni halol qilib ol desak, davlat kambag‘al bo‘lib qolmaydi deydi. Ularning olayotgan oyliklari halolmi?
Bismillahir Rohmanir Rohim.
Xos ishchi, faqat bir kishiga, kelishilgan muddat va kelishilgan ish haqi evaziga xizmat uchun yollanadi. Masalan, biror joyni qo‘riqlash, qo‘y boqib berish va hakazo.
Umumiy ishchi faqat bir kishi uchun xizmat qilmaydi. U ma’lum bir xizmatni qilib bergandan keyingina ish haqqiga ega bo‘ladi. Masalan, tikuvchi, bo‘yoqchi, nonvoy va hakazo. (“Al-Muxtasar al-Quduriy”, “Lubob”)
Demak, sizlar xos ishchi hisoblanasiz va ish davomidagi mahsulotlarning uzilib qolishiga firma aybdor. Buning uchun sizning oyligingizni kamaytirmasligi kerak. Ish kam bo‘lgan bo‘lsada kelishilgan oylikni olishingiz durust.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi.