man o'zim payme da foydalanuvchini shaxsni tasdiqlash jamoasida ishliman payme ni Gruzin kompaniya sotib olgan u kompaniyani bir nechta (dochernyaya kompaniya) sho'ba korxonalari bor - tbc bank, payme, payme nasiya oylikdan tashqari ... kompaniya ishchilari samaradorligini oshirish maqsadida yillik umumiy maqsad qo'yadi va barcha korxonalar maqsadni bajarsa barcha kompaniyalardagi ishchilarga bonus pul taqdim qilinadi tbc bank & payme & payme nasiya bonus hisoblash qoidalari quyidagachi 3ga bo'lingan 1. sof foida - barcha kompaniyalarning shu yilgi qilgan sof foidasi qo'shilganda maqsad qilingan summadan oshishi (bu yerda har bir korxona har xil foyda keltirgan bo'lishi mumkin misol uchun payme 3mln foyda, tbc bank 1mln, payme nasiya 1mln) - ya'ni sof foida maqsad 5mln bo'lgan bo'lsa hamma korxonalar har xil son bilan sof foida qilgan 2. kredit portfeli - bankning shu yilgi kredit aylanmasi ya'ni nechpul kredit bergan har xil uslublarda 3. oylik aktiv foydalanuvchilar soni - ya'ni barcha kompaniyalarning o'z ilovalari bor (tbc bank, payme, payme nasiya) foydalanuvchilari bor va aktiv foydalanuvchi deganda oy davomida ilovadan aktiv foydalanib foyda keltiradigan foydalanuvchilar soni nazarda tutiladi - misol uchun payme da 3mln oylik foydalanuvchi, tbc bank da 1mln, payme nasiya da 1mln - va bu yerda maqsad 5mln foydalanuvchi bo'lgan va u bajarilgan bo'lsa hamma korxonalar har xil sonda bajargan bu pulning hukmi qanday bo'ladi? - kriteriyalar orasida bank va bank taqdim etgan kreditlar miqdori bor? - boshqa kriteriyalarda ham bank ning qancha miqdorda foyda qilgani ham hisoblanadi (ya'ni sof foida va ilovadan foydalanuvchilar soni)