ISH TOPIB BERGANI UCHUN PUL OLISH

ID: 4007

07.11.2025

71

Savol:

Man 1 yildan beri Rossiyaning Moskva shaxrida Stroykada ishlab kelaman. Ba’zida ish beruchilar ishchi kuch so’rab qolsa men 20 - 30 odam bo’ladimi shu so’ralgan joyga odam olib borib ishlataman va ish beruchi 5000 ₽ bersa men olib borgan odamlarimga 4 500 ₽ 4000 ₽ beraman. Lekin men olib borgan odamlarimni ishini va qanday ishlashini nazorat qilaman va puliga imkon qadar kafil bolib beraman. Savolim shu odam boraganim va ishlatib pulini olib berganim uchun haq olsam menga Halolmi ?

Javob:

Bismillahir Rohmanir Rohim. Ish topib bergani uchun bir martalik haq olsa joiz bo‘ladi va bu haq miqori ishchining topgan pulidan qanchadir foiz emas, balki, belgilangan aniq bir summa bo‘lishi kerak. Chunki dallollik evaziga haq olishni fuqaholarimiz joiz deyishgan. Ammo “Sen shu yerda qancha ishlasang, har oyligingdan menga shunchadan berib turasan”, deb, har oy haq olishi mutlaqo halol bo‘lmaydi. Zero uning xizmati ish topib berish bilan yakuniga yetgan bo‘ladi. Undan keyin oladigan puli hech bir evazsiz (mehnatsiz) olingan bo‘ladi. Bu esa unga halol bo‘lmaydi. Lekin ish topib berayotgan shaxs boshqaga yordam berish, ishsiz yurganning hojatini chiqarish maqsadida pul olmasdan shu ishni qilsa, katta ajrga ega bo‘ladi. Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar