ISH KIYIMIDA NAMOZ O‘QISH JOIZMI?

ID: 824

04.04.2025

54

Savol:

Men Moskvada payvandchi bo‘lib ishlayman. Ish kiyimimda namoz o‘qisam bo‘ladimi?

Javob:

Bismillahir Rohmanir Rohim.

Fuqaholarimiz ish kiyimida namoz o‘qish haqida shunay deyishgan: 

ومنها أن يصلي في ثياب البذلة والمهنة

"Eski va ish kiyimida namoz o‘qish makruh amallardandir" ("Bahrur roiq" kitobi).

Alloma Siyyid Ahmad Tahtoviy rahimahulloh ushbu mukruhlik tanzihiy ekanini aytganlar. 

Namoz – Alloh taoloning huzurida turish, unga munojot qilishdir. Demak, imkon qadar mana shu o‘ringa munosib kiyinish odobdan hisoblanadi.

Agar ish kiyimidan boshqa kiyim bo‘lmasa yoki har namoz uchun kiyim almashtirish katta mashaqqat tug‘dirsa chang yoki kir bo‘lsada o‘sha kiyim bilan namoz o‘qish durust. Bunda kiyimga najosat tegmagan bo‘lishi va avratni to‘liq yopishi lozim. Chunki kiyimning najosatlardan pok bo‘lishi namozning shartlaridandir. Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi  Fatvo markazi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar