IRIMNING TO‘G‘RI E’TIQODDAN CHALG‘ITISHI

ID: 423

04.04.2025

65

Savol:

Qaynonam isiriq tutatganda bir cho‘pni yetti marta sindirishimni aytadilar. Yoki supurgini tikka turgazib qo‘yish, kech bo‘lganda uy supurish falokat olib kelishi haqida ham ko‘p gapiradilar. Bu hammasi o‘rinli bo‘lgan haqiqatlarmi?

Javob:

Bismillahir Rohmanir Rohim.

Dinimizdagi har bir buyruq, qaytariq, gunoh yo savob ishning asosi bo‘ladi. Asossiz, odamlar tomonidan to‘qib olingan, dinda bor deb taqdim qilinayotgan gaplar va amallar e’tiborga olinmaydi. Irim-sirimlarga ishonish insonlar o‘rtasida o‘zaro nizo va fitnalarni kelib chiqishiga sabab bo‘lmoqda. Aslida Rasululloh sollollohu alayhi vasallam turli narsalardan irim qilish, shumlanishdan qaytarganlar.

Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam muborak hadisi shariflarida: “Uch narsadan mening ummatim hanuz qutula olmaydilar: hasad, badgumonlik, irimdir. Shu narsalardan qutulish yo‘li shuki, hasad qilsangiz zulmga o‘tmasligi. Gumon-u shubha qilsangiz, uni haqiqat hisob qilib unga asosan ish tutmaslik. Biror irim qilinadigan narsaga duch kelsangiz, Allohga tavakkul qilib, yo‘lingizda va ishingizda davom etavering”, deganlar (Abu Ya’lo rivoyati).

Savolda so‘ralgani kabi irim-sirimlar ham kishini to‘g‘ri e’tiqoddan chalg‘itib, har xil asosi bo‘lmagan narsalar bilan o‘ralashib qolishga olib keladi. Shuning uchun dinimiz bunday odatlardan qaytargan. Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi  Fatvo markazi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar