IQOMATNI OVOZ CHIQARMASDAN AYTISH TARTIBI

ID: 5056

12.12.2025

77

Savol:

Assalomu alaykum. Iqomatni yolg'iz namozxon ovoz chiqarmasdan aytsa ham bo'ladimi? Qaysi hollarda mumkin yoki mumkin emas? Shu iqomat haqida batafsil tushuntirib bersangiz. Iltimos, rahmat.

Javob:

Vaalaykum assalom. Yolg'iz namozxon sahro yoki dala kabi ochiq joylarda bo'lsa, iqomatni baland ovozda aytishi sunnatdir. Boshqa hollarda esa faqat o'ziga eshitiladigan qilib aytishi kifoya qiladi. Lekin o'ziga eshitiladigandan ko'ra sal balandroq ovozda aytishi afzaldir. Vallohu a'lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar