Ipakdan bezak berilgan, masalan Andijon, Chust do‘ppilarini kiyish hukmi qanday?
Bismillahir Rohmanir Rohim.
Ipak matolar erkaklar uchun harom qilingan. Oz miqdorda bo‘lsa joiz.
Muxtasarul viqoya kitobida shunday deyiladi:
لاَ يَلْبَسُ الرَّجُلُ حَرِيراً إلاّ قَدْرَ أَرْبَعَةِ أصابِعٍ
"Erkaklar ipak kiymaydi, faqat to‘rt barmoq (eni o‘rnicha) miqdorda bo‘lsa kiyish joiz".
Bezak sifatida ishlatiladigan ipakning miqdori juda ham oz bo‘lgani uchun joiz bo‘ladi. Vallohu a’lam.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.