Ayolimda ko‘pincha hayz muddati 7-10 kunga cho‘zilib ketadi, shu paytlarda ayolimga jinsiy aloqa qilmagan holda uni o‘pib yoki quchoqlab o‘z jinsiy ehtiyojimni qondirib olsam bo‘ladimi? Shariatda bu man etilganmi yoki yo‘q?
Bismillahir Rohmanir Rohim.
Er hayz ko‘rgan ayolini o‘pishi va quchoqlashi joiz. Faqat tizzasidan kindigigacha bo‘lgan joydan foydalanmaydi. Bu haqida “Al-Fatovol hindiya” kitobida shunday deyiladi:
وله أن يقبلها ويضاجعها ويستمتع بجميع بدنها ما خلا ما بين السرة والركبة
Ya'ni: “Er ayolining kindik bilan tizzasi orasidagi a’zolardan boshqa hamma joyidan huzurlanishi, o‘pishi, quchoqlashishi mumkin”. Vallohu a’lam.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi.