INTERNETDAGI MA'LUMOTLARDAN RUXSATSIZ FOYDALANISH

ID: 5166

16.12.2025

69

Savol:

Assalomu alaykum. 1) Mustaqil ish yoki prezentaцiya tayyorlayotganimda Google'dagi biror saytdan maqolani ko'chirib (kopiya qilib) olaman va u ma'lumotlar orqali ishimni bitiraman. Ko'pchilik saytlarda maqolani ko'chirib olish haqida hech narsa deyilmagan. Ularni ruxsatsiz ko'chirishim banda haqqini eyishga kiradimi? 2) YouTube'dan ham o'zbek domlalarining ma'ruzalarini yaqinlarimga jo'natib turaman, bu ishim joizmi?

Javob:

Vaalaykum assalom. 1) Internetdagi ochiq manbalardan ilmni tarqatish maqsadida foydalanish, agar muallif tomonidan ochiq taqiq qo'yilmagan bo'lsa, joiz. Ammo ilmiy omonat юzasidan va birovning mehnatini o'zlashtirib olishdan saqlanish e'tiboridan ko'chirilgan ma'lumotning manbasini ko'rsatib o'tishingiz lozim. 2) YouTube tarmog'idagi manfaatli ma'ruza va videolarni yaqinlarga ulashish esa yaxshilikka dalolat qilish va ilm tarqatish sanaladi. Bunga monelik yo'q. Vallohu a'lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar