INSTAGRAM

ID: 2670

19.09.2025

65

Savol:

Assalomu alekum Va Rahmatullohi va barakotuh menda savol bor edi men Instagramda video joylayman meni yoʻnalishim shuki Youtubeda boy odamlar bergan intervyusini kesib qisqa manoli joyini instaga qoʻyaman aniqrogʻi endi shu yoʻnalish boshlamoqchiman Bu ishim halolmi shuni orqasidan topgan pulim halol boladmi, shariatda qanday shuni bilmoqchi edim.

Javob:

Boshqa bir kishining mehnati va ijod mahsuli bo‘lgan video, matn yoki boshqa asardan uning ruxsatisiz tijoriy maqsadda foydalanish, uni kesib yoki o‘zgartirib tarqatish joiz emas. Bu ish muallifning haqqiga tajovuz qilish hisoblanadi. Faoliyatingiz halol bo‘lishi uchun video egasidan ruxsat olishingiz lozim.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar