INSONNING O‘ZINI PAYG‘AMBARLARGA QIYOSLASHI

ID: 3913

04.11.2025

24

Savol:

Assalomu alaykum. Inson o‘zini payg‘ambarlarga qiyoslashi to‘g‘rimi? Ya’ni, biror foydali narsaga atrofidagilarni da’vat qilishida, odobida va ibodatida o‘zini payg‘ambarlarga qiyoslashi mumkinmi?

Javob:

Vaalaykum assalom. Inson o‘zini payg‘ambarlarga qiyoslashi emas, balki ularga ergashishi va ulardan o‘rnak olishi lozim. Agar kishi "Men ham ulardek da’vat qilyapman" qabilida gap gapirib, buni kibr, riyo yoki o‘zini ulug‘lash uchun aytsa, bu durust ish emas.

Ammo niyati xolis bo‘lib, u zotlarning sabr-matonati, ibodati yoki axloqidan ibrat olish, o‘zini va boshqalarni yaxshilikka undash maqsadida "Payg‘ambarlar sabr qilganidek biz ham sabr qilaylik" degan ma’noda gapiradigan bo‘lsa, bu maqtovga loyiqdir. Demak, farq kishining niyatida va o‘zini qanday tutishidadir. Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar