Inson vafot etgandan keyin qayta tirilmoqlik bor. Insonning qiyomatda unub chiqadigan urug‘i nima deb ataladi?
Bismillahir rohmanir rohiym.
U narsani ayrim hadislarda "ajbuz-zanab" deb nomlangan. Uning nomi quyidagi hadisda tilga olingan:
Abu Hurayra raziyallohu anhu aytadi:
«Payg‘ambarimiz alayhissalom dedilar: «Insonning bir suyakdan boshqa hamma narsasi chiriydi. Bu chirimagani – «ajbuz-zanab» deb ataluvchi suyakdir. Qiyomat kuni qayta tirilish shundan tarkib topadi» (Imom Muslim rivoyat qilgan). Vallohu a’lam.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.