INSONGA XOHISHISIZ KELADIGAN YOMON XAYOLLAR

ID: 6587

26.01.2026

426

Savol:

Yomon xayollar va fikrning buzilishi insonning xohishidan tashqari kelaversa, nima qilish kerak? Shunday holatlarda qanday yo'l tutish haqida maslahat bersangiz.

Javob:

Bismillahir Rohmanir Rohim. Insonga ixtiyorsiz ravishda keladigan yomon xayollar va vasvasalar uchun gunoh yozilmaydi. Chunki bu insonning imkoniyatidan tashqari holatdir. Bunday vaqtlarda shaytonning makriga aldanmaslik uchun ushbu fikrlarga umuman e'tibor bermaslik, ular bilan ichki munozaraga kirishmaslik va darhol boshqa foydali amallar yoki zikr bilan mashg'ul bo'lish lozim. Qachon shunday xayollar kelsa, «A'uzu billahi minash-shaytonir rojiym» va «La ilaha illalloh» kalimalarini aytib, Allohdan panoh so'rash tavsiya qilinadi. Vallohu a'lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar