Assalomu aleykum ustozlar. O‘zbekiston fond bozori, ya’ni birja savdolarida ishtirok etib aktsiya sotib olish (agar korxona faoliyati shar’iy halol bo‘lsa) mumkinligi xaqqida shayh hazratlarining zikr ahlidan so‘rang saytida o‘qigan edim, lekin aktsiyalar ikki turga bo‘linganligi sababli oddiy aktsiyalardan olingan divident va foydalar halol, imtiyozli aktsiyalardan olinadigan dividentni esa xarom deyishmoqda. Shu masalada ilm ahli fatvolari to‘g‘risida to‘liqroq ma’lumot bersangiz. Alloh Ta’olo ilmingizni ziyoda qilsin. Rahmat.
Va alaykum assalom. Oddiy aktsiyalar egasi korxona mulkiga haqiqiy sherik bo‘lib, uning foydasidan ulush oladi va zarariga ham sherik bo‘ladi, bu shar’iy sherikchilik tamoyiliga mos keladi. Imtiyozli aktsiyalar esa, aksincha, foyda-zarardan qat’i nazar, egasiga oldindan belgilangan, kafolatlangan, qat’iy miqdorda dividend to‘lashni nazarda tutadi. Aynan mana shu kafolatlangan qat’iy foyda uning mohiyatini qarz evaziga olinadigan foizga o‘xshatib qo‘yadi. Shuning uchun ulamolar fatvolarda faqat foyda va zararga sherik bo‘linadigan oddiy aktsiyalar bilan savdo qilishga ruxsat beradilar. Vallohu a’lam.