IMOMNING NIYATI

ID: 5136

15.12.2025

383

Savol:

Assalomu Alaykum Namozda Imomning niyati qanday bóladi shu haqida batafsil tushuntirib bersangiz

Javob:

Va alaykum assalom va rohmatulloh. Imom qaysi namozni o'qiyotganini niyat qilsa kifoya, odamlarga imomlikka o'tayotganini niyat qilishi shart emas. Imom bo'lishni niyat qilmay namoz o'qisa ham jamoatning namozi sahih bo'lavaredi. Ammo jamoatdagi kishilar imomga iqtido qilayotganini niyat qilishi shart. Agar iqtidoni niyat qilmasa, uning namozi durust bo'lmaydi. Niyat deganda qalbdan o'tkazish nazarda tutilmoqda, til bilan aytish emas. Imomlikka o'tayotgan kishi imom bo'layotganini niyat qilishi shart emas deyildi, ammo buning bitta istisnoli o'rni bor. Agar jamoatda ayollar ham bo'lsa, ayollarning namozi durust bo'lishi uchun imom ularga imomlik qilayotganini niyat qilishi shart. Agar imom niyat qilmasa, ayollarning namozi durust bo'lmaydi. Vallohu a'lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar