Imom bomdod namozining farzini maxfiy o‘qiy boshladi. Shunda bir kishi “jahriy” deb luqma berdilar. Imom jahriy o‘qidilar. Haligi kishining namoziga zarar yo‘qmi?
Bismillahir Rohmanir Rohim.
Namoz maxsus so‘z va xatti-harakatlardan iborat bo‘lgani uchun, undan tashqari so‘zlarni gapirish uning buzilishiga olib keladi. Shuning uchun mazkur holatda “Jahriy”, deb imomga eslatma bergan kishining namozi buzilgan bo‘ladi. Fiqhiy kitoblarimizda namozda har qanday gapirish namozni buzishi borasida mana bunday deyilgan:
(يُفْسِدُهَا الكَلاَمُ) أي ولو كان كلمة من كلام الناس (مُطْلَقاً) أي عَمْداً كان، أو جَهْلاً، أو خطأً، أو نسياناً
Namozda garchi bir kalima bo‘lsa ham odamlarning gapini gapirish har qanday holatda, ya’ni atayin yoki bilmasdan aytsa ham namozni buzadi. Hattoki, adashib yoki unutib aytish ham namozni buzadi (Fathu bobil inoya). Vallohu a’lam.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi.