IMOMDAN OLDIN

ID: 3536

23.10.2025

116

Savol:

Assalomu alaykum, ustozlar! Jamoat namozi o‘qilayotganda, muqtadiy qachon harakatni boshlashi kerak? Savol berishimning sababi, juma va jamoat namozlarida ba’zi imomlar ruknlar orasidagi takbirni cho‘zib aytishadi. Bunday holatda iqtido qolganlar imom takbirni aytib bo‘lmasidan ruknni tugatib bo‘lishgan bo‘lishadi. Bu holatda namozga zarar yetadimi? Javob uchun oldindan rahmat!

Javob:

Va alaykum assalom. Aslida intiqolot (bir rukndan ikkinchi ruknga o‘tish) takbirlarida Allohu akbarni A harfini ayta boshlaganida harakat ham boshlanishi va r harfini aytganda harakat to‘liq tugatilgan bo‘lishi kerak. Muqtadiyni Imomga mutobaat qilish vojib amal hisoblanadi. Ammo muqtadiylar imomdan biroz ertaroq yoki kech qolishi namozni buzmasada makruh bo‘ladi. Manbaalarda shunday deyiladi: Agar sajdaga imomdan oldin borsa va imom bilan birga sajdani oxiriga yetkazgan bo‘lsa, namozi makruhlik bilan durust bo‘ladi. (“Muhiyt”).

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar