IMOM "ROBBANAA LAKAL HAMD"NI AYTADIMI?

ID: 377

04.04.2025

6

Savol:

Imomga o‘tgan odam “Sami’allohu liman hamidah”dan keyin o‘zi ham “Robbanaa lakal hamd” deydimi yoki faqat ergashganlar aytadimi?

Javob:

Bismillahir rohmanir rohiym.

Jamoat namozida imom “Sami’allohu liman hamidah”ni aytadi. “Robbanaa lakal hamd”ni ergashganlar aytadi. Buni imom aytmaydi. Bu ikki kalima imom va ergashganlar o‘rtasida taqsim qilingan. Birinchisi imomga, keyingisi ergashganlarga tegishli bo‘ladi. Yolg‘iz namoz o‘qiydigan kishi ikkisini ham aytadi.

“Fatavoi hindiya” kitobida quyidagilar keladi:

إِنْ كَانَ إمَامًا يَقُولُ: سَمِعَ اللَّهُ لِمَنْ حَمِدَهُ بِالْإِجْمَاعِ، وَإِنْ كَانَ مُقْتَدِيًا يَأْتِي بِالتَّحْمِيدِ وَلَايَأْتِي بِالتَّسْمِيعِ بِلَا خِلَافٍ، وَإِنْ كَانَ مُنْفَرِدًا الْأَصَحُّ أَنَّهُ يَأْتِي بِهِمَا، كَذَا فِي الْمُحِيطِ

Imom bo‘lgan inson “Sami’allohu liman hamidah”ni aytadi. Muqtadiy-ergashuvchi “Robbanaa lakal hamd”ni aytadi, lekin “Sami’allohu liman hamidah”ni aytmaydi va bunda ixtilof yo‘q. Inson o‘zi namoz o‘qiyotgan bo‘lsa, ikkisini ham aytadi. "Muhiyt" da ham shunday kelgan. Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi  Fatvo markazi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar